Ma’lumotga ko‘ra, qimmatbaho topilma Arxangelsk viloyatida aniqlangan.
Qimmatbaho toshning o‘lchamlari 50×39,4×24,8 mm. U konni sanoat miqyosida qazib olish tarixidagi eng yirigiga aylandi va zamonaviy Rossiyada qazib olingan eng yirik olmoslar beshligiga kirdi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.
"Mutaxassislar kristallni noyob olmoslar toifasiga kiritdilar, ular o‘ta soflik va yuqori shaffoflik bilan ajralib turadi. Bunday olmoslarning ulushi umumiy tabiiy toshlarning 2 foizini tashkil qiladi," - deyiladi xabarda.
Vladimir Grib konida olmos qazib olish 2013 yildan beri olib borilmoqda.
Tarixda topilgan eng katta olmos "Kullinan" hisoblanadi, u "Afrika yulduzi" deb ham ataladi. Og‘irligi 3106 karat bo‘lgan tosh 120 yil oldin (1905 yil 25 yanvar) Janubiy Afrikada topilgan.