Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
2026 yilning iyul oyida Rossiyada neftni qayta ishlashning o‘rtacha unumdorligi kuniga 3,6 million barrelni tashkil etdi. Bu 2002 yilning may oyidan beri eng past ko‘rsatkichdir, deb yozadi Bloomberg xom ashyo va energetika bozorlarini tahlil qiluvchi Britaniyaning "Energy Aspects" kompaniyasi bo‘linmasi "EA Analytics" xulosalariga tayanib.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, iyul oyida Rossiyaning neft infratuzilmasi Ukraina tomonidan kamida 30 marta zarbaga uchradi. Agar ushbu statistikaga Kaspiy quvur konsorsiumining Qora dengizdagi terminali hududida tankerlarga berilgan va Ukraina javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan yana sakkizta zarba kiritilsa, iyul oyi Rossiya bilan bog‘liq neft ob’ektlariga qilingan hujumlar soni bo‘yicha rekord oyga aylanadi.