Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Banklar va mikromoliya tashkilotlari endi islomiy bank faoliyatiga o‘tishi mumkin

Banklar va mikromoliya tashkilotlari endi islomiy bank faoliyatiga o‘tishi mumkin

Adliya vazirligi Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Tegishli hujjat 2026 yil 1 avgust kuni 3656-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘zgartirishlar 2026 yil 27 martda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–1126-son qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, kredit tashkilotlarini quyidagi shakllarda qayta tashkil etish mumkin:

— mikromoliya tashkilotini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga o‘zgartirish;

— faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirish;

— faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga o‘zgartirish;

— faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini mikromoliya tashkilotiga o‘zgartirish;

— bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirish.

Shuningdek, oddiy bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirish huquqiga faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki ega bo‘ladi.

Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyati uchun tegishli lisenziyalarni olishda yana bir talab belgilangan.

Jumladan, mikromoliya banki binosida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Bu holat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.

Kiritildi: 19:27 05.08.2026. O'qildi: 1318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!