Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Zaxarova NATO va Yevropa Ittifoqini xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Zaxarova NATO va Yevropa Ittifoqini xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Krasnodar o‘lkasiga dronlar hujumiga izoh berar ekan, G‘arb davlatlarini terrorizmni moliyalashtirishda aybladi.

Bu bayonot Rossiya tomoni Ukraina zimmasiga yuklayotgan Krasnodar o‘lkasiga dronlar hujumidan so‘ng yangradi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, «Evropa markazida Ukrainada hokimiyatni egallab olgan terroristik guruh faoliyat yuritmoqda», NATO davlatlari esa, uning ta’kidlashicha, terrorizmni moliyalashtirmoqda.

«Yaqinda NATO va Yevropa Ittifoqi terrorizmga nisbatan mutlaq murosasizlik siyosatini e’lon qilgan edi. Endi esa ularning o‘zi xalqaro terrorizmning bir qismiga aylandi», — dedi Rossiya tashqi siyosiy idorasi vakili.

Rossiya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 3 avgust kuni Krasnodar o‘lkasiga uyushtirilgan dronlar hujumi oqibatida Gelenjik yaqinidagi Arxipo-Osipovka qishlog‘i sohilida sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 58 kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 21:12 05.08.2026. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!