Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoy ilk bor aviasiya orqali yadroviy zarba berish imkoniyatini namoyish qildi

Xitoy ilk bor aviasiya orqali yadroviy zarba berish imkoniyatini namoyish qildi

Xitoy ilk marta aviasiya orqali yadroviy zarba berish imkoniyatini ochiq namoyish qildi. Davlatga qarashli China Media Corporation mediakorporasiyasi Weibo platformasida yadroviy jangovar kallak tashishga mo‘ljallangan JL-1 raketa bilan jihozlangan Xian H-6N strategik bombardimoni aks etgan videoni e’lon qildi.

Kadrlarda, shuningdek, ikkita kam ko‘rinadigan J-20 qiruvchi samolyoti ham tasvirlangan. Biroq Xitoy hukumati ushbu tasvirlar qachon olingani va qaysi harbiy mashg‘ulotlar doirasida namoyish etilganiga aniqlik kiritmadi.

Bungacha Pekin asosan strategik yadroviy kuchlarining faqat yer usti tarkibiy qismlarini namoyish etib kelgan. H-6N bombardimonining yadroviy qurol bilan ommaga ko‘rsatilishi esa Xitoy yadroviy triadasining havo komponenti birinchi marta rasman namoyish etilganini anglatadi. Yadroviy triada tarkibiga yer ustidagi raketalar, strategik suvosti kemalari va harbiy aviasiya kiradi.

Tahlilchilar ushbu videoning e’lon qilinishini Xitoy yadroviy salohiyatini jadal oshirayotgan bir paytda boshqa yirik davlatlarga yo‘llangan strategik signal sifatida baholamoqda. Pekin «yadroviy qurolni birinchi bo‘lib qo‘llamaslik» siyosatiga sodiqligini ta’kidlab kelayotgan bo‘lsa-da, mamlakat o‘zining strategik kuchlarini modernizasiya qilishda davom etmoqda.

2025 yilda Xitoy DF-31BJ va DF-5C yangi qit’alararo ballistik raketalarini taqdim etgan edi. 2026 yil iyun oyida esa Pentagon Xitoyning yadroviy arsenali yanada kengayganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:00 05.08.2026. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!