Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Migrasiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

Migrasiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qilishicha, tergovga qadar tekshiruvda Migrasiya agentligining ayrim mas’ul shaxslari:
▪️ amalda ishlamagan ikki xodimga 931,6 mln so‘m ish haqi hisoblab bergan;
▪️ intizomiy jazo amal qilgan davrda qonun talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lov amalga oshirgan.

Shu tariqa byudjet mablag‘larining 1 mlrd so‘mdan ortig‘i rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:46 05.08.2026. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!