Tbilisi va mamlakatning boshqa shaharlari elektrsiz qoldi. Bu so‘nggi haftalardagi uchinchi yirik blekaut bo‘ldi.
5 avgust kuni kechqurun Gruziyada keng ko‘lamli elektr ta’minoti uzilishi yuz berdi. Tbilisi, Axalkalaki, Axalsixe va mamlakatning boshqa shaharlari hamda aholi punktlarida elektr energiyasi o‘chib qoldi.
Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining xabarlariga ko‘ra, elektr ta’minoti mahalliy vaqt bilan taxminan soat 20:10 da to‘xtagan. Hozircha avariya sabablari va elektr ta’minoti qachon tiklanishi haqida rasmiy izoh berilmagan.
Bu Gruziyada so‘nggi ikki-uch hafta ichidagi uchinchi yirik blekaut hisoblanadi. Avvalgi uzilishdan so‘ng «InguriGES» direktori Levan Meboniya hodisa sababi 500 kV kuchlanishdagi «Imereti» elektr uzatish liniyasidagi avariya bo‘lganini, bu esa butun energetika tizimi ishida uzilishlarga olib kelganini ma’lum qilgan edi.
Georgian Energy Network Corporation (GENC)ning dastlabki baholariga ko‘ra, so‘nggi 18 oy ichida «Imereti» liniyasi 11 marta o‘chgan, biroq avvalgi holatlarda bu keng ko‘lamli elektr ta’minoti buzilishiga olib kelmagan.