Eronning sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy urushni davom ettirish tarafdorlarini keskin tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir guruh mojaroning avj olishi va kengayishi Imom Zamon (Mahdiy)ning kelishini tezlashtirishi mumkinligiga ishonadi va shuning uchun uning davom etishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda Hasan Ruhoniy "Ozod Eron" bilan suhbatda aytib o‘tdi.
"Agar bu urush avj olsa va kuchayib ketsa, Imom Zamon tezroq paydo bo‘ladi, shuning uchun biz uni qo‘zg‘atish uchun mojaroni avj olishimiz kerak", deb da’vo qiladigan ozchilik bor", deb ta’kidladi u.
Bu odamlarning pozisiyasini "johillik" yoki "aldamchilik" deb ta’riflab, sobiq prezident yana bir toifadagi odamlar faqat iqtisodiy sabablarga ko‘ra keskinlik va inqirozni saqlab qolishdan manfaatdor ekanligini qo‘shimcha qildi. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, urush va tartibsizliklarning davom etishidan foyda ko‘rayotganlar orasida "sanksiya savdogarlari" ham bor.
Bundan tashqari, sobiq davlat rahbari ba’zilarning boshqa maqsadlari borligini ta’kidladi: ular global hukmronlikka intilishmoqda va o‘z ta’sirini kengaytirishmoqda, deb hisoblashadi.