Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniyalik fermer jo‘xori dalasida Tramp va Putin bolalar qiyofasida tasvirlangan labirint barpo etdi

Germaniyalik fermer jo‘xori dalasida Tramp va Putin bolalar qiyofasida tasvirlangan labirint barpo etdi


​Benedikt Lyunemann 2009 yildan beri maydoni 20 ming kvadrat metr bo‘lgan dalasida kunning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan labirintlar barpo etib kelmoqda. Bu safar u Putin va Trampni tanqid ostiga oldi.

​Siyosatchilar bolalar ko‘rinishida tasvirlangani, Tramp esa qo‘lida yer shari shaklidagi to‘pni tutib turganidan tashqari, labirint ichida tashrif buyuruvchilarni viktorina kutmoqda.

​Savollardan biri shunday berilgan:

"Amerika Prezidenti nimaga bo‘ysunishi kerak?"

​Javob variantlari:
▪️ qonun va tartibga,
▪️ shovqin va xaosga,
▪️ onasining qoidalariga.

​Kappenbergdagi jo‘xori labirinti jumadan yakshanbagacha, Hellouin bayramiga qadar mehmonlarni kutadi.

Kiritildi: 21:54 05.08.2026. O'qildi: 1518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!