Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada boks turniri start olmoqda. Bugun Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tariladi

Rossiyada boks turniri start olmoqda. Bugun Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tariladi

Rossiya Federasiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira turniri boshlanyapti.

Musobaqaning dastlabki kuni doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi bahslarga kirishadi. Ular orasida -54 k vazn toifasida ringga chiqadigan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov ham bor. U Markaziy Osiyo derbisida tojikistonlik Hasan Salohiddinovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Tong Hioang (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi)

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Miao Hi (Xitoy)

-60 kg: Rashida Tagirova - Mao Ding (Xitoy)

-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Hasan Salohiddinov (Tojikiston)

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Ruslan Popov (Ozarbayjon)

-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Melki Salim (Tunis)

-71 kg: Asilbek Abdurahmonov - Shahobjon Shukurov (Tojikiston)

Bahslar Toshkent vaqti bilan 11:30 da start oladi.

Rossiyada boks turniri start olmoqda. Bugun Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tariladi

Kiritildi: 11:54 15.04.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!