Bu haqda Kiyev viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ma’lum qildi. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor.
Tkachenkoning bayonotgia ko‘ra, hujum oqibatida turar joy binosi, xo‘jalik inshootlari va avtomobillarga zarar yetgan, noturar joy binosi hududida yong‘in chiqqan.
Kiyevda tungi hujum oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan, poytaxtning Obolon tumanida yonilg‘i rezervuarlarida yong‘in yuz bergan, deb xabar berdi shahar ma’muriyati.