G‘azo sektoridagi vaziyat Rossiya, Xitoy va BAA tomonidan talab qilingan BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishi mavzusi bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy ma’lum qildi.
Polyanskiy o‘zining shaxsiy Telegram-kanalida ta’kidlaganidek, BMT Xavfsizlik kengashining G‘azodagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilishi 8-dekabr, juma kuni Nyu-York vaqti bilan soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan 20:00) boshlanadi.
"G‘azodagi vaziyatning o‘ta xavotirli keskinlashuvini hisobga olib, biz Amirliklar va Xitoy bilan birgalikda BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini talab qildik", deb yozdi u.