«Ommaviy axborot vositalarida har ikki tomonning maksimal talablari va keskin siyosiy bayonotlari haqida xabarlar tarqaldi. Biroq yopiq muzokaralar davomida har ikki tomon ushbu urushni tugatish uchun amaliy murosalar zarurligini anglayotgani ma’lum bo‘ldi», — deb yozdi Kushner X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, amerikalik muzokarachi NATO Yevropa xavfsizligining muhim tayanchi bo‘lib qolishini ta’kidladi. U Yevropa hamkorlari ham muzokara jarayonida bevosita ishtirok etishini istashlarini qayd etdi.
Kushnerning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalar davomida bir qator yangi takliflar ilgari surilgan bo‘lib, ularning ayrimlari muzokaralarda jiddiy ijobiy siljishlarga olib kelishi mumkin.
Avvalroq The New York Times nashri o‘z ixtiyoridagi hujjatga tayanib, Rossiya NATO qo‘shinlarini Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi sharqiy qanotidan olib chiqishni hamda Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.