Bugun 25 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya va Ukraina kelishuvga erishdi

Rossiya va Ukraina kelishuvga erishdi

Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina hozirda Sumi shahrida bo‘lgan Kursk viloyati aholisini Belarus hududi orqali evakuasiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

"Bugun Sumida bo‘lgan shaxslar (Kursk viloyati aholisi - tahrirchilar izohi) bor. Qizil Xoch va Ukraina tomoni bilan ularni Belarus orqali Rossiyaga evakuasiya qilish bo‘yicha kelishuv mavjud," - dedi Moskalkova Davlat dumasidagi "Yagona Rossiya" fraksiyasi prezidiumi yig‘ilishida.

Biroq, u qancha odam evakuasiya qilinishi kerakligini aniqlashtirmadi. Moskalkova evakuasiyaning taxminiy muddatlarini ham keltirmadi.

Ta’kidlash joizki, Kursk viloyatidagi janglar 2024 yil 6 avgustdan beri davom etmoqda.

Kiritildi: 22:12 24.02.2025. O'qildi: 1785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!