Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya va Ukraina Donbassda hech bir armiya nazorat qilmaydigan qurolsizlantirilgan hudud tashkil qilishni muhokama qildi

Rossiya va Ukraina Donbassda hech bir armiya nazorat qilmaydigan qurolsizlantirilgan hudud tashkil qilishni muhokama qildi

Bu haqda The New York Times xabar berioqda.

Nashr xabariga ko‘ra, bu g‘oya AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasida ilgari surilgan taklifni yana kun tartibiga olib chiqadi. Qo‘shma Shtatlarning dastlabki rejasida demilitarizasiya zonasi (qurolsiz hudud) Rossiyaga tegishli hudud sifatida tan olinishi kerak edi.

The New York Times manbalari tomonlar demilitarizasiya zonasida urushdan keyin hududni boshqaradigan fuqarolik ma’muriyatini tashkil etish g‘oyasini muhokama qilganini ma’lum qildi.

Manbalardan birining aytishicha, ushbu ma’muriyat tarkibiga Rossiya va Ukraina vakillari birgalikda kirishi mumkin. Biroq hozircha hech qanday yakuniy kelishuvga erishilmagan.

4–5 fevral kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukraina vakillari Rossiya Qurolli kuchlarini front chizig‘idan qisman olib chiqish variantlarini muhokama qilgan. Nashr manbasi qo‘shinlarni olib chiqish jarayoni simmetrik bo‘lmasligi mumkinligini, ya’ni tomonlar bir xil hajmda chekinmasligi ehtimoli borligini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!