Bugun 2 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Shimoliy Koreya avtomobil qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchi

Rossiya va Shimoliy Koreya avtomobil qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchi

Bu haqda The Guardian xabar berdi.

​Rossiya va KXDR o‘z chegarasidagi ko‘prik qurilishini yakunlashga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Britaniyaning The Guardian nashri.

​Ko‘prikning foydalanishga topshirilishi mamlakatlar o‘rtasida ilgari mavjud bo‘lmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil qatnovining paydo bo‘lishini anglatadi, deb ma’lum qiladi nashr.

​Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 830 metrlik ko‘prik Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Xasan va Shimoliy Koreyadagi Tumangan o‘rtasidagi chegara Tumannaya daryosi orqali o‘tadi. Uning qurilishi 2025 yilning bahorida boshlangan bo‘lib, hozirda deyarli yakunlangan.

​Rossiya va KXDR rasmiylari ko‘prik savdo va turizmni kengaytirish uchun mo‘ljallanganini ta’kidlamoqda. Ukrainada esa avtomobil qatnovi Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini kengaytirishidan xavotirda.

Kiritildi: 12:54 29.07.2026. O'qildi: 930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!