Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 23 iyul kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Bu haqda Lavrovning o‘zi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv kelishib olingan va 23 iyul kuni kunning birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi kerak.
«Uchrashuv bo‘lishi shunchaki ehtimol emas, u allaqachon kelishib bo‘lingan. Kecha qabul marosimida Marko Rubio bilan qisqacha ko‘rishib, uchrashuv ertaga kunning birinchi yarmida bo‘lib o‘tishini tasdiqladik», — dedi u.
Lavrov, shuningdek, uchrashuvda Rubiodan AQSh Prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi nizoni tez orada hal etish imkoniyati haqidagi so‘zlari yuzasidan izoh so‘rashini qo‘shimcha qildi.