Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, bu kelishuvlar Kremlni Ukraina bo‘yicha tinchlik bitimini imzolashga undashga mo‘ljallangan edi.
"ExxonMobil energetika kompaniyasining “Saxalin-1” loyihasiga qaytishi va Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish loyihalari uchun AQSh uskunalarini xarid qilish imkoniyatlari muhokama qilingan", deya yozmoqda nashr manbalariga tayanib.
Reuters suhbatdoshlarining aytishicha, ushbu bitimlar AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning Moskvaga so‘nggi tashrifi davomida ko‘tarilgan. Bundan tashqari, ushbu masalalar Oq uyda prezident Donald Tramp bilan ham muhokama qilingan.
Agentlik manbalaridan biri shuningdek, bu mavzu 15 avgust kuni Alyaskadagi sammit chog‘ida ham tilga olinganini aytdi.
"Oq uy Alyaska sammitidan keyin ommaviy axborot vositalarida katta investision kelishuv haqidagi xabarlarni ko‘rishni judayam istagan. Chunki Tramp o‘zini nimagadir erishgandek his qilishni istagan", deyiladi maqolada.