Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Afg‘oniston birgalikda neft qazib olib qayta ishlaydi

Rossiya va Afg‘oniston birgalikda neft qazib olib qayta ishlaydi

Qozonda bo‘lib o‘tgan «Rossiya — Islom olami. KazanForum» forumi doirasida Afg‘oniston va Rossiya neft qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Shartnoma Rossiyaning «Inteko Grupp» kompaniyasi tomonidan tuzildi. Kompaniya Afg‘onistonda geologik razvedka ishlarini olib borgan va yaqin orada neft qazib olish ishlarini boshlaydi.

Rossiyaning Afg‘onistondagi biznes markazi rahbari Rustam Habibullinning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi hamkorlik Afg‘onistondagi birinchi loyiha hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, asosiy tovarlar sifatida neft, un, bug‘doy va sut mahsulotlari qayd etilgan.

Afg‘oniston tomoni Rossiyadan investisiyalarni oshirishni so‘rab kelmoqda. «Tolibon» harakati mamlakatning iqtisodiy salohiyati yuqori ekanini ta’kidlab, xorijiy investorlarni ushbu imkoniyatlardan foydalanishga chaqiradi.

Bu kelishuv Afg‘onistondagi energetika infratuzilmasini rivojlantirishi kutilyapti.

Aytish lozimki, Afg‘onistonning neft va gaziga qiziqayotgan birgina Rossiya va Xitoy emas. «O‘zbekneftgaz» ham Afg‘onistonda geologik va geofizik tadqiqot ishlari olib borishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 09:04 19.05.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!