Rossiyalik Jahon chempioni Jambulat Bijamov Dubayda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida rossiyalik bokschilarning kuchli raqiblari bo‘lmagani haqidagi fikrlarga qo‘shilmasligini bildirdi.
"Eng kuchli terma jamoalar — an’anaviy ravishda Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston. Liverpuldagi jahon chempionatida rossiyaliklar yo‘q edi, O‘zbekiston va Qozog‘iston esa medallarning yarmini qo‘lga kiritdi. Dubayda bu jamoalar birinchi raqam ostida qatnashdi. Endi esa biz paydo bo‘ldik — ko‘rinib turibdiki, bu ko‘pchilikka yoqmayapti.
"Shuni ta’kidlamoqchimanki, finalda men amaldagi jahon chempioni — O‘zbekistonlik Javohir Ummataliyevni mag‘lub etdim. O‘ylaymanki, bunday g‘alabalar raqobat darajasi haqidagi barcha savollarga javob beradi", — dedi Bijamov.