Endi loukosterlarda yo‘lovchilar tik turgan holda parvoz qilishlari mumkin.
Byudjet aviakompaniyalari 2026 yildan boshlab tik turgan yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlarni ishga tushirishi mumkin. Bu ularning dizayni zarur xavfsizlik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi AZERTADJ.
Bunday o‘rindiqlar yumshoq, "Amerika tog‘i" uslubida, yo‘lovchilarga yonboshlash imkonini beradi, lekin o‘tirish uchun mo‘ljallanmagan. Bu yechim har bir reysning yo‘lovchi sig‘imini 20 foizga oshirishi mumkin.
AZERTADJning xorijiy OAVlarga tayanib xabar berishicha, Skyrider nomli birinchi tik turishga mo‘ljallangan o‘rindiqlar Italiyaning Aviointeriors kompaniyasi tomonidan 2018 yilda taqdim etilgan. Ular faqat qisqa, ikki soatdan ortiq bo‘lmagan parvozlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak edi.
Ryanair bosh direktori Maykl O’Liri bu g‘oyani 2012 yildan beri qo‘llab-quvvatlab keladi va chiptaning narxi bor-yo‘g‘i 1 funt sterling bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Biroq hozircha hech bir aviakompaniya bunday o‘rindiqlarni joriy etishini rasman tasdiqlagani yo‘q.