Nashr manbalariga ko‘ra, Ukraina o‘z qurolli kuchlarini bosib olingan to‘rtta hududdan (Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje) olib chiqib ketishi, shuningdek, mamlakatda umumiy safarbarlik va G‘arbning harbiy yordami tugatilishi lozim.
Ayni damda Oq uy Trampning Putin bilan suhbati natija berib, rus yetakchisi o‘z shartlarini yumshatishiga umid bildirmoqda. Aks holda, AQSh siyosatida tub burilish yuz berishi mumkin, deyiladi nashr tarqatgan xabarda.