Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya UYEFA va FIFA a’zoligidan chiqarib yuborilishi mumkin

Rossiya UYEFA va FIFA a’zoligidan chiqarib yuborilishi mumkin

Qrimning «Sevastopol» klubi Rossiya Ikkinchi ligasi «B» guruhida g‘olib bo‘lganidan so‘ng, Ikkinchi liganing «A» divizionida ishtirok etish uchun lisenziya olish hujjatlarini topshirdi.

Agar Qrim klubiga yuqoriroq divizionda ishtirok etishga ruxsat berilsa, bu UYEFA qoidalarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Chunki UYEFA Qrim klublarining Rossiya futbol ittifoqi (RFI) homiyligidagi musobaqalarda ishtirok etishini taqiqlagan.

«Albatta, biz hujjatlarni topshirishni rejalashtiryapmiz. Reglamentga ko‘ra, keyingi bosqichga ko‘tarilishimiz kerak», — dedi «Sevastopol» bosh direktori Valeriy Chaliy.

Qayd etilishicha, RFI hozircha UYEFA va FIFA a’zosi bo‘lib qolmoqda. Biroq «Sevastopol»ning yuqori divizionga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qilinmasa, Yevropa va jahon futboli mutasaddilari orasida Rossiya tashkilotini ushbu xalqaro federasiyalardan chiqarib yuborish haqidagi chaqiriqlar yana kuchayishi mumkin.

Agar «Sevastopol»ning yuqori divizionga ko‘tarilishi rad etilsa, «Kumush» divizioniga yo‘llanma olish uchun keyingi nomzod sifatida ikkinchi o‘rinni egallagan Doneskning «Shaxtyor» klubi ko‘riladi.

Mazkur vaziyatga oid avvalgi voqealar:

- 2023 yilda «Sevastopol» va Yaltaning «Rubin» klublari Ikkinchi liganing «B» divizioniga qabul qilingan. Holbuki, 2014 yildan buyon Qrim klublariga Rossiya musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat berilmagan.

- O‘shanda Ukraina futbol assosiasiyasi UYEFA va FIFAdan Rossiyani tashkilotlar a’zoligidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

- 2024 yil aprel oyida Luganskning «Zarya» klubi Ikkinchi ligaga qabul qilingan bo‘lsa, joriy yilda unga Doneskning «Shaxtyor» jamoasi ham qo‘shilgan.

- «B» ligasi 1-guruhida mavsumni yakunlagan 15 ta jamoadan beshtasi «yangi hududlar» vakili bo‘lgan yoki shunday maqomni da’vo qilgan.

- 2025 yil oktyabr oyida Ukraina futbol assosiasiyasi UYEFAdan Donesk va Lugansk klublarining huquqiy maqomiga oydinlik kiritishni so‘ragan. Assosiasiya bu holatni «okkupasiyani qonuniylashtirish va Ukraina futboli o‘ziga xosligini yo‘q qilishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan siyosiy urinish» deb baholagan.

Kiritildi: 12:08 10.11.2026. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik