Rossiyaning Urals nefti narxi 2023 yil iyulidan beri ilk bor bir barrel uchun 50 dollardan pastga tushib ketdi.
9 aprel kuni Primorskdan jo‘natilgan neft turi 47,54 dollardan, Novorossiyskdan jo‘natilgani esa 48,39 dollardan sotildi, deb xabar bermoqda "RBK" Argus nashriga asoslanib.
Yanvar oyidan beri Urals narxi uchdan bir qismga arzonlashdi, hozirgi narx esa byudjetga kiritilgan darajadan (69,7 dollar) deyarli 20 dollarga past. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 50 dollardan past narxlarda Moliya vazirligi 1,9 trillion rublgacha, 45 dollargacha tushganda esa 3 trillion rublgacha neft daromadlarini yo‘qotishi mumkin.
Har to‘rtinchi rubli neftdan keladigan federal byudjet allaqachon taqchillikka duch keldi - birinchi chorakda u yillik rejadagi 1,1 trillion o‘rniga 2,17 trillion rubl taqchillikni qayd etdi. Mart oyidan boshlab Milliy farovonlik jamg‘armasidan valyuta sotish boshlandi.
Mutaxassislar ogohlantirmoqda: hukumat xarajatlarni qayta ko‘rib chiqishga va qat’iy tejamkorlikka tayyorlanishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, harbiy sohalarga tegishli xarajatlar o‘zgartirilmaydi - tahlilchilarning ta’kidlashicha, harbiy-sanoat majmuasini moliyalashtirish allaqachon oldindan ta’minlab qo‘yilgan.