Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saloh Premyer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchisiga aylandi

Saloh Premyer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchisiga aylandi

"Liverpul"ning 32 yoshli hujumchisi Muhammad Saloh shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirganidan so‘ng haftasiga 400 ming funt maosh olishni boshladi. Uning oldingi mehnat shartnomasiga ko‘ra misrlik futbolchi haftasiga 350 ming funt maosh olgan.

Manbaga ko‘ra, Saloh ayni damda Angliya Premyer-ligasining eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchisi bo‘lib turibdi, u joriy mavsum yakunida "Siti"ni tark etadigan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne bilan bir xil maosh oladi. Premyer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi De Bryuynening jamoadoshi, norvegiyalik hujumchi Erling Xoland bo‘lib, uning maoshi haftasiga 500 ming funtni tashkil qiladi.

Saloh joriy mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:17 12.04.2025. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!