Hududning Moskva tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojayevning ma’lum qilishicha, yuzaga kelgan “logistik muammolar” tufayli yuzaga keluvchi ehtimoliy taqchillik va navbatlarni oldini olish maqsadida, “TES” tarmog‘iga qarashli yonilg‘i quyish shoxobchalarida bitta avtomobil yoki bitta kanistr uchun yonilg‘i sotishning yuqori chegarasi 20 litr etib cheklanadi.
Gubernatorning ta’kidlashicha, cheklovlar ham benzin, ham dizel yonilg‘isiga tegishlidir.