Rossiya futbol ittifoqi rasmiy saytida noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston (12 noyabr) va Venesuela (17 noyabr) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Kengaytirilgan ro‘yxatdan 36 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Darvozabonlar: Denis Adamov ("Zenit", Sankt-Peterburg), Stanislav Agkasev ("Krasnodar"), Aleksandr Maksimenko ("Spartak", Moskva), Anton Mitryushkin ("Lokomotiv", Moskva), Matvey Safonov ("PSJ", Parij), Maksim Borisko (SSKA, Moskva).
Himoyachilar: Kirill Danilov, Danil Krugovoy (ikkalasi ham — SSKA, Moskva), Igor Dmitriyev, Ruslan Litvinov (ikkalasi ham — "Spartak", Moskva), Andrey Langovich, Viktor Melyoxin (ikkalasi ham — "Rostov", Rostov-na-Donu), Yevgeniy Morozov, Aleksandr Silyanov (ikkalasi ham — "Lokomotiv", Moskva), Mingiyan Beveev ("Baltika", Kaliningrad), Ilya Vaxaniya ("Krasnodar"), Turpal-Ali Ibishev ("Axmat", Grozniy), Maksim Osipenko ("Dinamo", Moskva).
Yarim himoyachilar: Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov (barchasi — SSKA, Moskva), Danil Prusev, Nail Umyarov (ikkalasi ham — "Spartak", Moskva), Daniil Glebov ("Dinamo", Moskva), Artyom Karpukas ("Zenit", Sankt-Peterburg), Aleksey Mironov ("Rostov", Rostov-na-Donu), Aleksey Batrakov ("Galatasaroy", Istanbul), Arsen Zaxaryan ("Real Sosyedad", San-Sebastyan).
Hujumchilar: Yaroslav Gladishev, Konstantin Tyukavin (ikkalasi ham — "Dinamo", Moskva), Nikolay Komlichenko, Sergey Pinyayev (ikkalasi ham — "Lokomotiv", Moskva), Aleksandr Sobolev ("Zenit", Sankt-Peterburg), Lechi Sadulayev ("Axmat", Grozniy), Aleksandr Golovin ("Monako"), Aleksey Miranchuk ("Atlanta Yunayted", Atlanta).