Alyans bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi va suvosti kemasining suratini e’lon qildi. Keyinroq Rossiya harbiy-dengiz kuchlari mazkur xabarni tasdiqladi.
Ayrim ommaviy axborot vositalari “Novorossiysk” suvosti kemasining suv yuzasiga chiqishiga nosozlik sabab bo‘lgani, uning yonilg‘i tizimidagi shikastlanish tufayli yonilg‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri tryumga oqayotgani haqida xabar berdi.
Biroq Rossiya harbiy-dengiz kuchlari buni nosozlik emas, balki xalqaro dengiz harakati qoidalari bilan izohladi. Unga ko‘ra, suvosti kemalarining La-Mansh bo‘g‘ozidan o‘tishi faqat suv yuzasiga chiqqan tarzda amalga oshirilishini bildirdi.