Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kiyevga “Tomahawk” yetkazib berilishi hamma uchun yomon yakun topadi

Kiyevga “Tomahawk” yetkazib berilishi hamma uchun yomon yakun topadi

Ukrainaga “Tomahawk” raketalarining ehtimoliy yetkazib berilishi hamma uchun yomon yakunlanishi mumkin, va avvalo AQSh prezidenti Donald Trampning o‘zi uchun. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

U Trampning, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina mojarosini hal etmasa, bu u uchun yomon yakunlashini haqidagi tahdidlarini eslatgan.

“Agar “biznes tinchlikparvar” “Tomagavklar” haqida bo‘lsa, ibora noto‘g‘ri. Bu raketalarni yetkazib berish hamma uchun yomon yakunlanishi mumkin. Va avvalo – Trampning o‘zi uchun”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.

Tramp avvalroq, agar mojaro hal etilmasa, AQSh Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini berishi mumkinligini aytgandi.

Kiritildi: 22:39 13.10.2025. O'qildi: 1285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!