AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, uning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili oldin siyosatdan unchalik yaxshi xabardor bo‘lmagan.
"Biroq uning iste’dodi bor, u ajoyib muzokarachi. Men Uitkoffni Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yubordim, bu 15-20 daqiqalik uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Lekin mazkur uchrashuv 5 soat davom etdi. Men Uitkoffdan “Jin ursin, sizlar 5 soat davomida nima haqida gaplashdingiz?”, deb so‘radim", - deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Shuningdek, AQSh yetakchisi Stiv Uitkoffni do‘sti sifatida maqtadi.
"Hamma G‘azodagi urushni to‘xtatish imkonsiz, vaqtimizni behuda sarflayapmiz deb o‘yladi, lekin men do‘stim Stiv Uitkoffga minnatdorlik bildirmoqchiman. Uitkoffni hamma yaxshi ko‘radi, u ajoyib inson"