Malta poytaxti Valletta Condé Nast Traveller jurnali tomonidan dunyoning eng go‘zal poytaxti deb topildi, deya xabar beradi BILD.
"Shahar Readers’ Choice Awards 2025 tanlovida Parij, Afina va Lissabon kabi sayyohlik gigantlarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. 182 mingdan ortiq o‘quvchi shahar madaniyati, oshxonasi va mehmondo‘stligiga ovoz berdi", - deyiladi xabarda.
Valletta 100 balldan 97,33 ball to‘pladi va nafaqat Yevropaning eng yaxshi yo‘nalishi, balki sayohatchilar uchun dunyodagi eng yaxshi shaharga aylandi. Malta turizm vaziri Yan Borg “ushbu mukofot sayohatchilarning madaniy merosimiz va Malta xalqining mehmondo‘stligiga bo‘lgan chuqur minnatdorligini aks ettiradi”, dedi.
Bir kvadrat kilometrdan ham kichik bo‘lgan shahar haqiqiy ochiq osmon ostidagi muzeyni eslatadi — u yerda barokko uslubidagi saroylar, qadimiy qamal devorlari, cherkovlar va tor ko‘chalar mavjud. Valletta shahriga XVI asrda Malta ordeni risarlari tomonidan asos solingan va u 1980 yildan beri YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Malta poytaxti filmlar tufayli ham mashhur: Bu yerda “Gladiator”, “Troya” filmlari, hamda “Taxtlar o‘yini"ning birinchi seriyasi suratga olingan. Valetta “Qirol desanti”ning ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.