Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda sobiq harbiy ikki ayolni pichoqlab o‘ldirdi

Qashqadaryoda sobiq harbiy ikki ayolni pichoqlab o‘ldirdi


U marhumaning kuyovi bo‘lgani aytilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ikki nafar ayol pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qotillik voqeasi kecha, 12 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, qotillikda gumonlanuvchi oilaning kuyovi bo‘lgan.

Hayot Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aslida sobiq harbiy xizmatchi bo‘lgan gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Kiritildi: Bugun 12:06. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!