Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya Suriya bilan mamlakatdagi harbiy bazalarini qayta shakllantirmoqchi

Rossiya Suriya bilan mamlakatdagi harbiy bazalarini qayta shakllantirmoqchi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Suriya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Unda Moskvaning mamlakatdagi harbiy bazalarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

Rossiyaning Suriyadagi Tartus harbiy-dengiz bazasi va Xmeymim aviabazasi ustidan nazorati kelajagi borasida savollar ko‘paygan edi. Bu shubhalar 2024 yil dekabr oyida Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lgan Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin yuzaga keldi.

Amaldagi prezident Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi hozirgi Suriya hukumati Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, rasmiy Damashq Moskvadan siyosiy boshpana olgan Asadni mamlakatga topshirishni (ekstradisiya qilishni) talab qilmoqda.

"Suriya xalqaro hamkorlari bilan aloqalar doirasida Rossiyaning bu mamlakatdagi harbiy ishtiroki masalasi ham muhokama qilinmoqda. Jumladan, Rossiya harbiy ob’ektlarining vazifalarini ehtimoliy qayta ko‘rib chiqish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda", — dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Xmeymim va Tartus Rossiyaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidan tashqaridagi yagona harbiy bazalari hisoblanadi. The Wall Street Journal nashrining AQSh rasmiylari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib yozishicha, may oyida Qo‘shma Shtatlar sanksiyalari ostidagi Rossiya yuk kemasi Tartus bazasiga yuk keltirgan. Kema Xmeymim aviabazasi uchun mo‘ljallangan uskunalar olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 12:41. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!