Nashrning yozishicha, Rossiya Federasiyasi Planet yoki Maxar kompaniyalaridan suratlarni sotib olmoqda.
Sun’iy yo‘ldoshlar, tegishli so‘rov bo‘yicha Ukrainadagi ob’ektlarni suratga oladilar, keyin esa Rossiya ularni vositachilar orqali sotib olib, bir muncha vaqt o‘tgach, aynan shu joylarga zarba beradi. Ba’zan hujumlardan keyin, shikastlangan joylarning suratlari buyurtma qilinadi, bu yetkazilgan zararni baholash uchun kerak bo‘lishi mumkin, deyiladi maqolada.