Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Rossiya qo‘shinlari Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Ukraina poytaxti harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, 25 oktyabrga o‘tar tunda amalga oshirilgan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, kamida 10 kishi jarohat olgan.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, poytaxtning Darniskiy va Desnyanskiy tumanlaridagi noturar joylarda yirik yong‘inlar yuzaga kelgan. Dneprovskiy tumanida esa bolalar bog‘chasi binosi zarar ko‘rgan.

Shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk viloyatidagi aholi punktlariga ham raketa va dronlar bilan zarba bergan. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Vladislav Gayvanenkoning ma’lum qilishicha, uy-joylar, do‘kon va avtomobillar zarar ko‘rgan. Ikki kishi, jumladan bir qutqaruvchi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 13:50 25.10.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!