Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Ozarboyjon parlamenti deputati Azer Badamovni mamlakatga kiritmadi — “Nastoyashee vremya”

Rossiya Ozarboyjon parlamenti deputati Azer Badamovni mamlakatga kiritmadi — “Nastoyashee vremya”

4 may kuni deputat Azer Badamov Ozarboyjon delegasiyasi tarkibida mamlakatning sobiq prezidenti Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Rossiyaning Astraxan shahriga yo‘l olgan edi.

Moskvaning Vnukovo aeroportida Azer Badamovga uning Rossiyaga kirishi taqiqlangani ma’lum qilingan va Bokuga qaytarilgan.

"Biz Rossiya tomonining bu qarorini nodo‘stona qadam deb hisoblaymiz va Moskva tomonidan asosli tushuntirishlarni kutamiz", – deya munosabat bildirdi Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda.

Kiritildi: 20:48 05.05.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!