Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya maxsus xizmatlari Ukraina urushi boshlanganidan beri Yevropa bo‘ylab kamida 145 ta qo‘poruvchilik harakatini uyushtirgan

Rossiya maxsus xizmatlari Ukraina urushi boshlanganidan beri Yevropa bo‘ylab kamida 145 ta qo‘poruvchilik harakatini uyushtirgan

Agentlik bu ma’lumot Yevropa Ittifoqi va NATO'ga a’zo 13 davlatning yuqori martabali amaldorlariga tayanib taqdim etilganini bildirdi.

Rossiya ortida turgani taxmin qilinayotgan so‘nggi diversiya Polshada sodir etilgan:e. 16 noyabr kuni u yerda yo‘lovchi poyezdlari qatnaydigan temiryo‘l uchastkasi portlatilgandi.

"Hozirga qadar amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarining aksariyati minimal zarar keltirgan. Biroq vandalizm, kiberhujumlar va omborlarni yoqib yuborish ko‘rinishidagi har bir holat Yevropa maxsus xizmatlarini o‘z qimmatli resurslarini sarflashga majbur qilmoqda", deya yozadi Associated Press.

Evropadagi razvedka idoralaridan birini rahbarining so‘zlariga ko‘ra, endilikda bunday holatlar bo‘yicha tekshiruvlar terrorizmga qarshi kurash haralatlari bilan deyarli teng vaqtni olmoqda. Shu bilan birga, amaldorlarning ta’kidlashicha, bunday hujumlarni tashkil etish Rossiya uchun “ancha arzonga” tushadi.

Manbalarga ko‘ra, 2024 yil oxiri — 2025 yil boshlarida Yevropadagi bu kabi qo‘poruvchilik harakatlari faolligi susaygan. Taxmin qilinishicha, o‘sha paytda Moskva Qo‘shma Shtatlarning yangi prezidenti Donald Trampning qo‘llab-quvvatlashiga erishishni istagan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay “gibrid hujumlar” qayta boshlangan.

Kiritildi: 18:09 18.12.2025. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!