Yaqin Sharqdagi urush fonida neft narxlarining oshishi tufayli Rossiya kuniga qo‘shimcha $150 mlngacha daromad olmoqda.
Financial Times hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya byudjeti hozirda rejalashtirilgan tushumlardan tashqari kuniga taxminan 150 million dollar daromad olmoqda. Bu haqda UNN yozmoqda.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganidan keyin Hindiston va Xitoy tomonidan Rossiya neftiga talab oshgan.
Nashrning qayd etishicha, mojaroning dastlabki 12 kunida Rossiyaning neftdan olgan daromadi 1,3-1,9 milliard dollarga oshgan. Agar neft narxi bir barrel uchun 70-80 dollar darajasida saqlanib qolsa, mart oyida Rossiya byudjetiga qo‘shimcha daromadlar 3,3-4,9 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.
AQSh Hindistonga Rossiya neftini sotib olishni ko‘paytirishga vaqtincha ruxsat berganidan so‘ng, hind kompaniyalari yangi shartnomalar tuzishni faollashtirdi. FT ma’lumotlariga ko‘ra, atigi besh kun ichida ular taxminan 30 million barrel yetkazib berishga kelishib olgan.