Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya iqtisodiyotida “ideal bo‘ron”

Rossiya iqtisodiyotida “ideal bo‘ron”

Rossiyaning Sberbanki rahbari German Gref mamlakat iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyatni “ideal bo‘ron” deb atadi. U bu fikrni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida “Sber”ning ishbilarmonlar nonushtasi doirasida bildirgan.

Grefning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammolar — bu yuqori foiz stavkalari va Rossiyaning yetakchi dunyo iqtisodiyotlaridan orqada qolayapgani. Shuningdek, u rublning mustahkamlanishi byudjet ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir qilayotganini qayd etdi.

“Byudjet katta tanqislikka duch kelmoqda. Yil oxiriga borib, moliya vazirligi ehtimoliy yangi manbalar orqali bu tanqislikni qoplash zaruratiga duch keladi. Ehtimol, bu manba bozor mablag‘larini jalb qilish bo‘ladi”, — dedi Sberbank rahbari.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov bunga javoban “byudjetda ham bo‘ron bo‘layapti” deb tan oldi, lekin soliq tizimida yangi o‘zgarishlar bo‘lmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, soliq barqarorligi — oldindan aytilgan siyosatning muhim vositasi hisoblanadi.

“O‘tgan yili soliq bazasini o‘zgartirmaslikka kelishib olganmiz. Bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan”, — dedi Siluanov.

Vazir, shuningdek, “xohishlarda kamtar bo‘lish”ga chaqirdi va byudjet siyosati hamda pul-kredit siyosati o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, hozirgi muammolarning sabablaridan biri — shu ikki yo‘nalish orasida muvofiqlikning yo‘qligi.

2025 yil boshidan Rossiyada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha yangi progressiv stavkalar kuchga kirdi. Ilgari amal qilgan ikki stavka — 13 va 15 foiz o‘rniga endi beshta stavka mavjud: 13 foizdan 22 foizgacha, daromad darajasiga qarab. Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar ishchi aholining taxminan 3,2 foizi uchun tegishlidir.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Rossiya federal byudjeti tanqisligi 3,393 trln rublni tashkil etdi, bu YAIMning 1,5 foiziga teng.

Kiritildi: 09:34 21.06.2025. O'qildi: 1418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!