Bu voqea, ya’ni Rossiya imperiyasi valiahdiga suyqasd 1891 yil 11 may kuni Yaponiyada bo‘lgan edi.
1890 yil Rossiya imperiyasining valiahd shahzodasi Nikolay Aleksandrovich, bo‘lg‘usi rus podshosi Nikolay II Yaponiyaga sayoxat qilish uchun yo‘lga chiqadi. Buyuk shahzoda Nikolay Aleksandrovichga uning uzoq qarindoshi, ya’ni xolavachchasi Gresiya shahzodasi Georg hamrox bo‘ladi.
Gresiya shahzodasi Georg va Rossiya shahzodasi Nikolay Aleksandrovich
Ular Italiyaning Triyest portidan "Pamyat Azova" nomli zirhli kreyser (bronyanoses) kemasida yo‘lga chiqadilar. Shahzodalarni kuzatib borish uchun katta delegasiya ham yo‘lga tushgandi. Kreyserni yana 7 ta kema qo‘riqlab boradi. Xullas bu kichik eskadra edi. Sayohatchilar Misr, Hindiston, Xitoy portlariga kirib o‘tadi va 1891 yilning bahoridagina Yaponiyaga Nagasaki portiga yetib keladilar.
Bu davrda Yaponiya imperatori Meydzi boshlagan buyuk islohotlar ichida taraqqiy etayotgan mamlakat edi.
Yaponiya imperatori Meydzi
Yaponiyada ham teatrlar, muzeylar, sirklar, gazeta nashriyotlari va sanoat tarmoqlari gurkirab rivojlanish davriga kirgandi. Imperator Meydzi ajdodlari kabi saroydan chiqmasdan xalqqa hech qachon ko‘rinmaslik an-analaridan voz kechgandi, u endi o‘z xalqining oldiga chiqa olar, ko‘chalarda bemalol xalqining orasida sayr qilish darajasiga chiqqandi. Imperator Meydzi Yaponiyaga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlarni yaxshi kutib olish uchun, ular tashrif buyuradigan barcha shaharlarni bezashni, bayramona kayfiyatga kelishni buyuradi. Rossiya va Gresiya delegasiyasi Yaponiyada bir oy bo‘lishni rejalashtirgan edilar. Shahzodalar Nikolay va Georg, Nagasakidan so‘ng, Kyusyu oroliga qarab suzib ketadilar va yaponlar uchun kutilmaganda Kagosima shahriga tashrif buyuradilar. Chet elliklar bu shaharga unchalik ko‘p kelmasdi. Yaponlar bu yerda valiahd shahzoda Nikolayga 170 kishilik samuraylar maktabini ko‘rsatadilar. Nikolayni samuraylarning qilich bilan harakat san’ati, ya’ni yaponlarning azaliy madaniyati qoyil qoldiradi. Kagosimadan keyin, shahzodalar, Yaponiya imperatorining o‘g‘li valiahd shahzoda Agisugava hamroxligida Osu shahri va Bigava ko‘lini tomosha qilish uchun yo‘lga chiqadilar. Dastlab ko‘lni tomosha qiladilar, bu joylarning tabiati nihoyatda go‘zal bo‘lib, shahzodalarning ko‘ngli mislsiz darajada ko‘tariladi. Shahzodalar sharafiga juda quyuq ziyofatlar va ko‘ngil ochar tomoshalar ham uyushtiriladi. Mehmonlar Bigava ko‘li tomoshasidan so‘ng Osu shahriga qaytadilar. Shahar ko‘chalari tor bo‘lgani uchun mehmonlar rikshalarga o‘tqaziladi.
Shahar ko‘chalarida xalq mexmonlar eskortini olqishlar bilan kutib oladilar. Nikolay o‘tirgan riksha ekipajda hisob bo‘yicha beshinchi bo‘lib kelardi. Uning orqasidan shahzoda Georgning rikshasi kelardi. Shahzodalar shahar markaziga yaqinlashib qolgandi, shunda olamon orasidan yapon polisiyachilaridan biri yugurib chiqadida qilich bilan shahzoda Nikolayni boshiga soladi.
Shahzoda fuqarolar kiyimida va boshida temir qalpoq bor edi, shuning uchun qilichning zarbasi uni yengil yaralaydi. Orqada kelayotgan shahzoda Georg o‘z aravasidan sakrab tushadida suyqasdchi samurayni qo‘liga zanjir bilan uradi. Suyqasdchi yiqilib tushayotgan holda ham yana bir zarba beradi, ammo bunisiyam muaffaqiyatsiz ketadi. Rikshalar va qo‘riqchilar yugurib kelib suyqasdchini qo‘lini qayirib yerga yotqizadilar. Nikolay o‘z rikshasidan tushib chekkaga qochib chiqishga ulgurgan edi. Hammasi, yashin tezligida amalga oshgan shahzodalar uchun muaffaqiyatli tugagan edi. Bu xabar butun Yaponiyaga tarqaladi va yapon xalqini dahshatga soladi. “Endi nima bo‘ladi? qudratli qo‘shnimiz Rossiya endi Yaponiyaga urush e’lon qilsachi” degan vaxima qoplab olgandi, yapon jamiyatini. Shahzoda Agisugavaning Nikolayni “jiddiy jarohat oldi” degan xabari vaxima olovining ustiga battar moy sepgandi. Kiotoga shahzodalardan xabar olish uchun shaxsan imperatorning o‘zi yetib keladi. Rossiya imperatori Aleksandr III dan ham shahzoda Nikolayga zudlik bilan Yaponiyani tark etib Vladivostok portiga kelishini so‘ralgan xabar ham kelgandi. Biroq, Nikolay Yaponiyaga va yapon xalqiga hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytib, imperatorga tashrif chog‘ida ularga ko‘rsatilgan e’tibordan boshi osmonga yetganini aytib minnatdorchilik bildiradi. Imperator Meydzi shahzoda Nikolayning oliyjanob qalbiga qoyil qolib, unga sovg‘a-salomlar yuboradi va hatto Nikolayni ko‘rish uchun "Pamyat Azova" kemasiga ham tashrif buyurgan ekan. Bu Yaponiya tarixidagi yapon imperatorlarining begona davlat hududiga (rus kemasi ham begona davlat hududi hisoblanadi) yagona tashrifi edi. Imperatorning tushkun kayfiyatdan chiqarish uchun shahzoda Nikolay "Xazrati oliylari, bu anglashilmovchilik bo‘ldi. Bunday esi past odamlar dunyoning barcha davlatlarida bor" deb Meydzini yupatgan ekan.
Umuman olganda Nikolay II unchalik ham yomon odam bo‘lmagan ekan.