Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Hindistonning 200 dan ortiq fuqarosini Ukrainadagi urushga yollagan — BBC

Rossiya Hindistonning 200 dan ortiq fuqarosini Ukrainadagi urushga yollagan — BBC

Hindiston hukumatiga ko‘ra, Ukrainadagi urushda kamida 26 nafar hindistonlik halok bo‘lgan, yana 7 nafari bedarak yo‘qolgan. Shu paytgacha 100 nafardan ortiq fuqaro Hindistonga qaytarilgan. Ayni paytda taxminan 50 nafar hindistonlikni vatanga qaytarish masalasida Moskva bilan muzokaralar olib borilmoqda.

"Jabrlanganlarning qarindoshlari yollash jarayoni vositachilar va agentlar orqali amalga oshirilganini bildirdi. Ular yosh yigitlarni Rossiyada qonuniy ish, yuqori maosh va yashash sharoitlari va’dalari bilan jalb qilgan. Biroq Hindistondan kelganlar Rossiyaga yetib borgach, mazmunini tushunmagan rus tilidagi shartnomalarni imzolashga majbur qilingan va shundan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri jangovar hududga yuborilgan", deya yozmoqda BBC.

2024 yil iyulida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina urushida ishtirok etish uchun yollangan barcha Hindiston fuqarolarini Rossiya armiyasidan ozod qilishga va’da bergandi. Bu bayonot Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Moskvaga tashrifi chog‘ida bildirgan talabidan so‘ng yangragan. O‘sha yilning sentyabrida 45 nafar hindistonlik Rossiya armiyasi safidan chiqarilgandi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun chet el fuqarolarini yollashi faqat Hindiston bilan cheklanmaydi. Urushda Rossiya tomonida Nepal, Somali, Indoneziya, Suriya, Kuba, Serbiya, Shri-Lanka, Xitoy va ayrim Markaziy Osiyo davlatlaridan yollanma jangchilar qatnashayotgani haqida ham ma’lumotlar mavjud.

Kiritildi: Bugun 18:06. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!