Evrokomissiya Rossiya gazini sotib olishni tiklash evaziga Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralarga ko‘ndirish haqidagi xabarni rad etdi.
Avvalroq The Financial Times gazetasi manbalariga tayanib, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning quvur orqali yetkazib beriladigan gazini qayta xarid qilish imkoniyatini muhokama qilayotganini xabar qilgandi.
"Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti bilan tinchlik muzokaralari o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Tinchlik muzokaralari kun tartibiga chiqqanida, ular Ukraina ishtirokida bo‘lishi kerak. Ushbu xabarda aytilgan bog‘liqlikni tasdiqlamaymiz," – Yevrokomissiya rasmiy vakili Paula Pinyu.
Shuningdek, Pinyu Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya resurslariga qaramlikdan xalos bo‘lish siyosati o‘zgarmaganini ta’kidladi.