Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya G‘arbga o‘z talablarini ma’lum qilgan

Rossiya G‘arbga o‘z talablarini ma’lum qilgan

Rossiya so‘nggi muzokaralarda G‘arbga o‘z talablarini ma’lum qilgan. Ular orasida NATO qo‘shinlarini 1997 yilgi chegaralarga olib ketish talabi ham bor.

Rossiya Abu-Dabida Ukraina va AQSh bilan uch tomonlama muzokaralarda hamda amerikalik muzokarachilarning Moskvaga tashrifi chog‘ida G‘arbga o‘z talablari bayon etilgan hujjatni taqdim etdi, deb yozmoqda The New York Times. 10 noyabr sanasi qo‘yilgan va imzolanmagan hujjatni muzokara ishtirokchilaridan biri jurnalistlarga yetkazgan, muzokaralar jarayonidan boxabar manba uning haqiqiyligini tasdiqlagan. Diplomatiyada bunday norasmiy hujjatlar non-paper deb ataladi, ularda tomonlardan birining pozisiyasi bayon qilinadi.

Nashrning qayd etishicha, hujjatda ilgari surilgan talablar Moskvaning 2021 yil oxirida G‘arb va NATO'ga qo‘ygan ultimatumini deyarli takrorlaydi va ko‘p jihatdan shunga o‘xshash iboralarni o‘z ichiga oladi. O‘sha paytda Moskva NATO'ning yanada kengayishi va Ukrainaning alyansga qo‘shilishi ehtimolini istisno qilishni talab qilgandi. Bundan tashqari, Kreml alyansning 1997 yilgi chegaralarga qaytishini ya’ni, amalda qo‘shinlarni Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polshadan ham olib chiqishni, shuningdek, Ukraina, Sharqiy Yevropa, Kavkazorti va Markaziy Osiyoda har qanday harbiy faoliyatdan voz kechishini talab qilgandi. Ammo yangi hujjatda oldingi talablardan ayrim farqlar ham bor.

2021 yilda Rossiya NATO uzoq vaqt davomida Yevropadagi ittifoqchilarga Amerika yadroviy quroli himoyasidan foydalanishga imkon bergan “Yadroviy quroldan birgalikda foydalanish” to‘g‘risidagi kelishuvlardan voz kechishini talab qilgandi. Endi Moskva Fransiya va Buyuk Britaniya (Evropaning o‘z yadroviy arsenaliga ega bo‘lgan ikki davlati) Yevropaning boshqa davlatlarini himoya qilish uchun yadroviy quroldan foydalanish imkoniyatini istisno qilishini xohlaydi.

Yangi hujjatda Rossiya Ukrainaga “G‘arb qurollari, harbiy texnika va mahsulotlarini yetkazib berish”ni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishiga qarshi bo‘lmaydi, faqat ushbu mamlakat ittifoqning umumiy mudofaa siyosatida ishtirok etmasligi sharti bilan.

Muzokaralar ishtirokchilari hujjat Rossiyaning boshlang‘ich pozisiyasini aks ettirishini aytishgan. Rossiyalik muzokarachilar esa Putin “moslashuvchanlik ko‘rsatishi mumkinligi”ni istisno etishmaydi.

Abu-Dabida Rossiya delegasiyasi Moskva Yevropaning “sovuq urush” davridagi tuzilishini va o‘sha paytda mavjud bo‘lgan Varshava shartnomasini Ukrainadagi urushdan keyin Yevropa qit’asi qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligining namunasi sifatida ko‘rib chiqayotganini bildirgan. Muzokaralar ishtirokchilari jurnalistlarga aytishicha, Rossiya tomoni uchrashuvda Yevropaning AQSh va SSSR ta’sir doiralariga bo‘linishi, shuningdek, o‘sha paytda mavjud bo‘lgan aloqa kanallari va kelishuvlar mojaro yuzaga kelish xavfini kamaytirganini isbotlashga harakat qilgan.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Putin Donald Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashuvda Kremlning 2021 yilda loyiha ko‘rinishida taqdim etilgan “bo‘linmas xavfsizlik arxitekturasining tayanch elementlari” haqidagi qarashlarini eslatib o‘tgan.

Kiritildi: Bugun 19:40. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik