Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Erondan Kaspiy dengizi konvensiyasini 2026 yilda ratifikasiya qilishini kutmoqda

Rossiya Erondan Kaspiy dengizi konvensiyasini 2026 yilda ratifikasiya qilishini kutmoqda

Rossiya Erondan Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyani 2026 yil avgustida Tehronda bo‘lib o‘tadigan Kaspiy dengizi bo‘yi davlatlari sammiti oldidan ratifikasiya qilishini kutmoqda.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Rossiya TIV rahbari Eron davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida Kaspiy “beshligi”ning barcha davlatlari Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikasiya qilganini eslatdi. "Keyingi o‘rinda faqat Eron Islom Respublikasi turibdi. Dunyoda va Yevroosiyoning ushbu qismida sodir bo‘layotgan jadal va notinch o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, nihoyat, Kaspiy bo‘yi bo‘lmagan davlatlarning mintaqa ishlariga aralashmaslik tamoyilini mustahkamlab olish muhim. Shuning uchun biz Tehron ushbu konvensiyani ratifikasiya qilishiga katta umid qilamiz", - deya ta’kidladi Lavrov.

Uning ta’kidlashicha, “Eron Kaspiybo‘yi davlatlarining navbatdagi sammitini 2026 yil avgustida Tehronda o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi”. "Umid qilamanki, ushbu tadbir orqali konvensiya ham xalqaro huquqiy, ham amaliy jihatdan to‘liq kuchga kiradi", dedi Rossiya TIV rahbari.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!