Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya elchisi: Eron bilan savdo hajmi qurolli mojaro davrida ham o‘sishda davom etdi

Rossiya elchisi: Eron bilan savdo hajmi qurolli mojaro davrida ham o‘sishda davom etdi

Rossiyaning Erondagi elchisi Aleksey Dedovning ma’lum qilishicha, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida Rossiya va Eron o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2 foizga oshgan.

Uning ta’kidlashicha, Eronning Isroil va AQSh bilan davom etayotgan qurolli mojarosiga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atlarda rivojlanmoqda.

Aleksey Dedov Eronning Tehran Times gazetasiga bergan intervyusida ayrim ta’minot zanjirlarida uzilishlar kuzatilganiga qaramasdan, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik barqaror saqlanayotganini bildirdi.

Elchi, shuningdek, «Shimol — Janub» xalqaro transport yo‘lagining samaradorligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘rt oyida Rossiyaning Eronga eksporti 56 foizdan ortiqqa oshgan. Mazkur transport yo‘lagi orqali tashilgan yuklarning umumiy hajmi taxminan 2,2 million tonnaga yetgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 87 foizga ko‘pdir.

Diplomatning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkichlar mintaqadagi murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, Moskva va Tehron o‘rtasidagi transport oqimlari hamda savdo-iqtisodiy aloqalar izchil mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 18:21 27.06.2026. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!