Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

Rossiya Premyer Ligasida mavsum yakuniga yetdi. 30-turidan keyin 67 ochko to‘plagan “Krosnadar” o‘z tarixida ilk bor chempionga aylandi.

Keyingi o‘rinni “Zenit” band etdi. Sank-Peterburg klubi chempion jamoadan bir ochko kam to‘plab, ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Abbosbek Fayzullayev to‘p suradigan “SSKA” esa mavsumni bronza medali bilan yakunladi. Moskvaliklar 30-turdan keyin 59 ochko to‘plagan holda kuchli uchlikka yakun yasagan.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov to‘p tepadigan “Rubin” mavsumni 7-o‘rinda yakunaldi. Sherzod Esonov harakat qiladigan “Akron” jamoasi esa 9-pog‘onani egalladi.

Joriy mavsum Rossiya chempionatida Manfred Ugalde eng yaxshi to‘purar sovriniga ega chiqdi. “Spartak”ning kosta-rikalik hujumchisi 17 gol muallifiga aylandi.

O‘zbekistonlik legionerlar esa quyidagicha statistika qayd etdi:

Abbosbek Fayzullayev: 22 o‘yin, 2 gol va 4 assist.
Rustam Ashurmatov: 14 o‘yin.
Sherzod Esonov: 9 o‘yin.

Kiritildi: 18:17 25.05.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!