Tashrif doirasida Mishustin Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent xalqaro investisiya forumi ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
6 ming kvadrat metr maydonni egallagan ko‘rgazmada O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi investisiya imkoniyatlari va yetakchi loyihalar taqdim etilgan.
Jumladan, neft-kimyo sanoati, chakana savdo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalardagi istiqbolli loyihalar namoyish qilinmoqda.