Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

"Biz Eronga qo‘l uzatamiz va..."

"Biz Eronga qo‘l uzatamiz va..."

Biz Eronga qo‘l uzatamiz va munosabatlarni yangi sahifadan boshlashga tayyormiz, dedi AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens o‘z bayonotida

​Shuningdek, uning boshqa bayonotlari:

— Eron jahon iqtisodiyotiga faqat kelishuv shartlarini bajarganidan keyingina qayta oladi;

​— Tehron yadroviy qurol ishlab chiqishdan va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishdan voz kechishi kerak;

— AQSh va Eron kelishuvi Islom Respublikasiga boyitilgan uran zaxiralarini yo‘q qilish uchun MAGATE ekspertlarining qaytishini nazarda tutadi;

​— AQSh agar Eron uzoq muddatli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, sanksiyalarni sezilarli darajada yumshatishga tayyor;

​— Eron Amerika pullarini olmaydi, kelishuv faqat sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish haqida bormoqda;

​— Kelishuvning bajarilishi ikki bosqichli tekshiruv tizimi yordamida nazorat qilinadi;

​— Kelishuv allaqachon raqamli shaklda imzolangan, Eronga hech qanday to‘lovlar amalga oshirilmagan.

— Prezident Tramp 19 iyungacha Eron bilan o‘zaro anglashuv memorandumini e’lon qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!