AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti Kaliforniyadagi "Edvards" aviabazasidan parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchradi.
Bu haqda aviabazaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilindi.
"Tez yordam brigadalari darhol voqea joyiga yetib kelishdi va vaziyat nazorat ostida", deyiladi bayonotda.
Hozirda jarohatlanganlar yoki o‘lganlar bor-yo‘qligi noma’lum.
"Edvards" aviabazasi Kaliforniyaning Moxave cho‘lida, Los-Anjelesning shimoli-sharqida joylashgan. Baza AQSh Harbiy-havo kuchlarining sinov uchuvchisi Glen Edvards sharafiga nomlangan.