"Istanbul Bashakshehir" futbolchisi Abbosbek Fayzullayev SSKAga ehtimoliy qaytishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
O‘zbekistonlik futbolchi hozircha bunday qiziqish haqida ma’lumoti yo‘qligini aytdi va Rossiya klubiga qaytishni to‘g‘ri qaror deb hisoblamasligini ta’kidladi.
"Bu haqda bilmayman. Hozir SSKAga qaytish noto‘g‘ri qaror bo‘lardi, chunki men rivojlanishimda yangi qadam tashladim. Mening maqsadim — Yevropaning top-5 chempionatlaridan birida o‘ynash. Agar bu yerda yaxshi futbol ko‘rsatsam, Xudo xohlasa, orzuim ushaladi", — dedi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev avval SSKA safida to‘p surgan va o‘zining yorqin o‘yini bilan Yevropa klublari e’tiborini tortgan edi. Futbolchi hozirgi bosqichni faoliyatidagi muhim qadam sifatida baholamoqda hamda kelajakda kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynashni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.